Qozog‘istonning Aqto‘be shahrida sodir etilgan terrorchilik xatti-harakatlari qurbonlarining oilalariga moddiy yordam ko‘rsatiladi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Ilgariroq Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev hujum qurbonlarining oilalariga yordam ko‘rsatish bo‘yicha topshiriq bergani xabar qilingan edi.
Viloyat hokimiyatining ma’lum qilishicha, har bir jabrlanuvchi oilaga 1 million tengedan (taxminan 3 ming dollar) beriladi. Bundan tashqari, hokimiyat dafn marosimi bilan bog‘liq xarajatlarini o‘z gardaniga oladi.
Bir muddat ilgari hujum qurbonlarining ism-shariflari e’lon qilindi.
Izoh (0)