Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

BMT Xavfsizlik Kengashi Shimoliy Koreya tomonidan amalga oshirilgan oxirgi raketa sinovlarini qoraladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda

Foto: EPA

Foto: EPA

“BMT Xavfsizlik Kengashi a’zolari KXDRning ballistik raketalar bilan bog‘liq barcha harakatlari, jumladan, bir qancha muvaffaqiyatsiz sinovlarini ham qoralaydi, bu harakatlar Shimoliy Koreya tomonidan yadro qurolini eltish tizimlari ishlab chiqarishga qaratilgan urinishlarning bir qismi va ular keskinlikni kuchaytirishga olib keladi deb hisoblaydi”, — deyiladi kengash bayonotida.

Shuningdek, kengash bayonotida BMTga a’zo davlatlar KXDRga qarshi choralarni faol qo‘llash, xususan, bank sektoriga nisbatan sanksiyalar joriy etishga chaqirilgan. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Yaponiya, AQSh va Janubiy Koreya Pxenyanga nisbatan bosimni kuchaytirishga kelishib olgani haqida xabar berilgandi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Abdulla Aripov Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni partiya kotibi bilan uchrashdi
Turkmaniston
Turkmaniston Arqadag‘ shahri loyihasini BMT Bosh assambleyasida taqdim etadi
Kripto
Bir haftada Binance kriptobirjasidan 2 mlrd dollardan oshiq mablag‘ chiqib ketdi