Xitoyning Xenan provinsiyasida joylashgan korxonalardan birida portlash yuz berdi. Oqibatda uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda, China News Service agentligi ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Hodisa Anyan uyezdida 31-may, seshanba kuni erta tongda yuz berdi. Turli materiallarni maydalash uchun qo‘llanuvchi Raymond tegirmonida zarralarning detonatsiyasi yuz berganligi taxmin qilinmoqda.
Portlash oqibatida yana to‘rt kishi yaralangan. Hozirgi paytda voqea joyida politsiya surishtiruv ishlarini olib bormoqda.
Izoh (0)