Al-Falluja shahrini IShID guruhidan ozod etishda ishtirok etayotgan Iroq xavfsizlik kuchlari jangarilar hujumini qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Ulardan 75 nafari yo‘q qilingan, deya xabar beradi “TASS”.
“IShID 31-may, seshanba kuni xavfsizlik kuchlariga qarshi hujumga o‘tishga harakat qildi. Guruhning 100 ga yaqin a’zosi Al-Falluja markazidan shahar janubidagi An-Nauymiya tumani tomonga qarab yurgan. Xavfsizlik kuchlari HHK va armiya aviatsiyasi havodan bergan yordam natijasida hujumning oldini olish va 75 nafar jangarini o‘ldirishga erishdi”, — deya ta’kidlagan aksilterror operatsiyasi qo‘mondoni Abdulvahhob as-Saidiy.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)