Uels futbol uyushmasi Rossiyaning Yevropa chempionatida ishtirok etadigan tarkibini chop etishda xatolikka yo‘l qo‘ydi. Tashkilot saytidagi ro‘yxatga Moskvaning SSKA jamoasi yarim himoyachisi Alan Dzagoyev kiritib yuborildi, deb xabar beradi “TASS”.
Dzagoyev Rossiya terma jamoasining kengaytirilgan tarkibiga kiritilgan, ammo ichki chempionatning oxirgi turida jarohat olgani bois ro‘yxatdan chiqarib yuborilgan, uning o‘rnini “Krasnodar” yarim himoyachisi Dmitriy Torbinskiy egallagan edi.
Bundan tashqari, Uelsning bosh futbol tashkiloti rasmiy saytida Moskvaning “Dinamo” jamoasi yarim himoyachisi Igor Denisov Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi o‘yinchisi sifatida ko‘rsatilgan, vaholanki Denisov ushbu jamoani 2013-yilda tark etgan edi.
Uels terma jamoasi Fransiyada 10-iyun va 10-iyul orasida o‘tadigan Yevropa chempionatida Rossiyaga qarshi bir guruhda to‘p suradi.
Izoh (0)