Zurich Insurance sug‘urta guruhining (Shveysariya) sobiq bosh direktori Martin Zenn o‘z joniga qasd qildi. Oxirgi yillarda kompaniyaning ikkinchi top-menejeri joniga qasd qilmoqda, deb xabar beradi “RBK”.
U 27-may, juma kuni 59 yoshida olamdan o‘tdi.
Zenn 2006-yilda Zurich Insurance’ga Credit Suisse kompaniyasidan investitsiyalar bo‘yicha direktori sifatida o‘tgan edi. 2010-yilda u sug‘urta guruhining bosh direktoriga aylandi.
Martin Zenn o‘tgan yilning dekabr oyida ishdan bo‘shadi. O‘shanda kompaniya murakkab kunlarni boshdan kechirayotgan edi — guruh Britaniyaning RSA Insurance sug‘urta biznesini xarid qilishni uddalay olmadi, fevral oyida esa 2014-yilning to‘rtinchi choragidagi zararni qoplash maqsadida xodimlarining 15 foizi qisqartirilishini e’lon qildi.
Zenning o‘rnini Italiyaning eng yirik sug‘urta kompaniyasi — Assicurazioni Generali sobiq bosh direktori Mario Greko egalladi.
Izoh (0)