Afg‘onistonda amalga oshirilgan aviazarbalar natijasida kamida 29 jangari yo‘q qilindi. Bu haqda, Khaama Press nashriga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Mamlakat mudofaa vazirligi vakillarining ma’lum qilishicha, havo operatsiyalari Bog‘lon va Qandahor viloyatlarida o‘tkazildi. Operatsiyalar davomida olti jangari yaralandi, ularning boshpanasi va transport vositalari, shuningdek, aslahaxonasi yo‘q qilindi.
Izoh (0)