O‘zbekiston ba’zi hududlarida 27-may, juma kuni yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi, shamolning tezligi kuchayadi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, 27-mayga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati +10...+15 daraja, Farg‘ona vodiysi hamda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo hamda viloyatlarida, shuningdek, Toshkent shahrida +15...+20 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kechasi havo harorati +22...+25 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda.
27-may kuni kunduzi mamlakatning tog‘li hududlarida havo harorati +20...+25 daraja iliq bo‘ladi; Farg‘ona vodiysi viloyatlari va Toshkent shahrida +32 darajagacha, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida +35 darajagacha, Qoraqalpog‘iston va Xorazmda +38 darajagacha, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryoda esa +39 darajagacha ko‘tariladi.
Juma kuni O‘zbekistonning tog‘li hududlarida, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahrida qisqa muddat yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi, shamolning tezligi kuchayishi kutilmoqda.
Izoh (0)