Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

26-may, payshanba kuni Hindistondagi kimyo zavodida ro‘y bergan portlash oqibatida uch kishi halok bo‘ldi. Jarohatlanganlar soni 150 kishiga yetgani bildirilmoqda, deya xabar beradi “TASS”.

Foto: “India.com”

Foto: “India.com”

Hodisa Maxarashtra shtati poytaxti Mumbaydan 50 kilometr uzoqlikdagi Dombavali aholi punktida joylashgan Acharya Chemical Company korxonasida sodir bo‘ldi. 

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, zavodda boyler — suv isitadigan qurilma portlagan va shundan so‘ng yong‘in kelib chiqqan. Portlash ovozi bir necha kilometrgacha eshitilgani va aholi o‘rtasida vahimaga sabab bo‘lgani aytilmoqda. 

https://youtu.be/3mkYtBZNDWE

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Dunyo
Qozog‘istonda ikki yashar bola 11 ta magnitni yutib yubordi (foto)