26-may, payshanba kuni Hindistondagi kimyo zavodida ro‘y bergan portlash oqibatida uch kishi halok bo‘ldi. Jarohatlanganlar soni 150 kishiga yetgani bildirilmoqda, deya xabar beradi “TASS”.
Hodisa Maxarashtra shtati poytaxti Mumbaydan 50 kilometr uzoqlikdagi Dombavali aholi punktida joylashgan Acharya Chemical Company korxonasida sodir bo‘ldi.
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, zavodda boyler — suv isitadigan qurilma portlagan va shundan so‘ng yong‘in kelib chiqqan. Portlash ovozi bir necha kilometrgacha eshitilgani va aholi o‘rtasida vahimaga sabab bo‘lgani aytilmoqda.
https://youtu.be/3mkYtBZNDWE
Izoh (0)