Ukrainaning Volin viloyati, Turiysk tumanidagi Radovichi va Tagochin qishloqlari yaqinida sinov parvozi chog‘ida Z-37 samolyoti quladi. Hodisa oqibatida 44 yoshli uchuvchi voqea joyida halok bo‘ldi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Halokat haqida mahalliy aholi xabar bergan. Samolyot qulagandan so‘ng alanga olgan, uchuvchida tirik qolishga imkon bo‘lmagan.
Hodisa tafsilotlari huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘rganilmoqda.
Izoh (0)