“Tolibon” vakili OAVlarda tarqatilgan harakatning yangi yetakchisi Haybatulla Oxunzoda afg‘on rasmiylari bilan tinchlik muzokaralaridan go‘yo bosh tortgani haqidagi audioyozuv soxta ekanligini bildirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Tolibon”ning ikki dala komandiri jurnalistlarga audioyozuvni topshirib, unda rasmiy bayonot borligini aytgan. Ulardan biri esa yozuvni harakat vakili Zabiulla Mujahiddan olganligini da’vo qilgandi.
Keyinchalik Mujahid harakat biron-bir rasmiy audioyozuvni yozib olmaganligi, ushbu soxta yozuv kim tomonidan tarqatilganligi bo‘yicha tekshiruv boshlanganini ma’lum qildi.
Izoh (0)