Nobank kredit tashkilotlarining jami aktivlari 2016-yilning 1-aprel holatiga 123,7 milliard so‘mni tashkil etdi yoki o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 46 foizga ortdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ularning kredit qoldig‘i 2015-yilning mos davriga nisbatan 50 foiz ko‘payib, 109,2 milliard so‘mdan oshdi.
Nobank kredit tashkilotlarining jami kapitali 90,5 milliard so‘mdan ortdi yoki 2015-yil birinchi chorak yakunlariga nisbatan 41 foiz o‘sishi ta’minlandi.
Ushbu tashkilotlar jamg‘armalar (depozitlar) jalb qilish huquqiga ega emas va mikromoliyaviy xizmatlarni o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiradi.
2016-yilning 1-aprel holatiga respublikaning barcha hududlarida 28 ta mikrokredit tashkiloti va 45 lombard faoliyat ko‘rsatmoqda.
Izoh (0)