Xitoyning Shansi provinsiyasi Shuochjou shahrida buldozer odamlarni bosib-yanchib, mashinalarni urib ketdi, deya xabar bermoqda TJournal.
Buldozer haydovchisi bir velosipedchini bosib o‘ldirdi, 20 dan ortiq kishini yaraladi, shuningdek, o‘nlab transport vositasiga ziyon yetkazdi va oxir-oqibat, politsiya tomonidan otib tashlandi. Hodisa 2015-yil sentabrida sodir bo‘lgan, ammo videoyozuv o‘tgan haftadagina e’lon qilindi.
Rolikda noma’lum erkak buldozerga yaqin keladi, shundan so‘ng haydovchi uni quvib ketadi, keyin esa boshqa avtomobillar va o‘tkinchilarga o‘tadi.
Xabar berilishicha, buldozer haydovchisini politsiya snayperi yo‘q qilgan.
Izoh (0)