Chelsi Xyorlayn ismli 27 yoshli amerikalik qiz AQShning Florida shtatida joylashgan Disney World ko‘ngilochar bog‘iga unga 1994-yilda sotib olib berilgan chipta bilan kirishga muvaffaq bo‘ldi, deb yozadi TJournal. Bog‘ ma’muriyati, to‘rt yoshligida xastaligi tufayli bu yerga tashrif buyura olmagan qizni kutib olish uchun chiqdi.
Chelsi to‘rt yashar vaqtida otasi unga Disneyland’ga to‘rt kunlik chipta sovg‘a qilgan, ammo qiz kasallikka chalinishi natijasida zaxirada bog‘ni yana bir kun aylanish imkoniyati qolib ketgan edi. 22 yildan so‘ng Chelsining otasi Michigan shtatidagi uyi yerto‘lasidan chiptani topib oldi va uni qiziga berdi.
Qiz Disneyland’ga kelganida nazoratchi hayratda qoldi, chunki chiptaning yoshi undan kattaroq edi, va uni skanerlash iloji ham bo‘lmadi. Ammo Disneyland ma’muriyatidagilar chiptalar yaroqlilik muddatiga ega emasligini aytdi va tezda uni yangisiga almashtirib berdi, qiz bog‘ga kirishga muvaffaq bo‘ldi.
Izoh (0)