“Dunyo ulamolari murojaati” kitobi nashr etildi. Unda bugungi kunning zabardast ulamolari, Islom dini musaffoligi yo‘lida bor kuch-g‘ayratini ayamay xizmat qilayotgan olimlarning fatvolari, ma’ruza va murojaatlari keltirilgan, deb yozadi “Ziyo.uz”.
“Turli buzg‘unchi kuchlar insonlarni asl e’tiqoddan adashtirmoqchi bo‘lib turgan bir vaqtda ushbu dolzarb kitobning chop etilishi bizni juda xushnud etdi”, — deydi Toshkent shahridagi Shayx Zayniddin masjidi imom-xatibi Odilxon Ismoilov.
“Kitobda musulmon kishi to‘g‘ri yo‘ldan adashmasligi, buzg‘unchi kuchlarning puch g‘oyalariga aldanmasligi uchun zarur bo‘lgan tavsiyalar keltirilgan. Ba’zi yoshlarning internet tarmog‘ida tashkil etilgan radikal g‘oyaviy targ‘ibot ta’siriga tushib qolayotganini e’tiborga olib, ulamolar tomonidan berilgan zamonaviy media vositalardan foydalanish odoblari bayon etilgan”, — deyiladi “Ziyo.uz” xabarida.
Izoh (0)