O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan 23-may kuni uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat chog‘ida ikki tomon aloqalarining dolzarb masalalari va ularni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashilgan. “Vazirlar bo‘lajak oliy darajadagi O‘zbekiston—Xitoy uchrashuvlarining dasturi va kun tartibi loyihalarini muhokama qilishdi”, — deyiladi axborotda.
Muloqot davomida 2015—2016-yillarda O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligining samarali yakunlari va Toshkent shahrida bo‘ladigan yubiley Sammitining muvaffaqiyatli o‘tkazilishidan ikki tomon ham manfaatdor ekanligini tasdiqlandi.
“O‘z ishini boshlayotgan ShHTga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlarining kengashi yig‘ilishi mazkur Sammitga tayyorgarlik ko‘rishning muhim bosqichi bo‘lib xizmat qiladi. Uchrashuvda ba’zi xalqaro va mintaqaviy masalalar ham ko‘rib chiqildi”, — deyiladi vazirlik axborotida.
Izoh (0)