Koreya birjasi (Korea Exchange, KRX) O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozorini modernizatsiya qilish loyihasi doirasida mamlakat fond bozorining Yagona dasturiy-texnik majmuasini yaratish uchun server va telekommunikatsiya uskunalarini yetkazib berish va o‘rnatish ishlarini yakunladi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz” Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markaziga tayanib.
O‘tgan haftada yangi majmuani sinovdan o‘tkazish boshlandi, u o‘z ichiga fond birjasi, Markaziy depozitariy, investitsiya vositachilari, Milliy bank mutaxassislari va boshqalarni yangi tizimlar bilan ishlashga o‘rgatish, shuningdek, sinov operatsiyalarini o‘tkazish va qimmatli qog‘ozlar savdosi imitatsiyasini yaratishni (Mock market) oladi.
KRX vakillari ixtisoslashtirilgan dasturiy ta’minotni ishlab chiqishni yakunlamoqda, u savdo, kliring, depozitar va nazorat tizimlaridan iborat. Bundan tashqari, “Toshkent” Respublika fond birjasi yangi vebsaytini yaratish ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)