Toshkentning ikkita tumanida ichki ishlar bo‘limiga yangi boshliqlar tayinlandi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz” O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining “Postda” gazetasiga tayanib.
Uchtepa tumani IIBga podpolkovnik Nurilla Sultonov, Mirzo Ulug‘bek tumani IIBga esa podpolkovnik Saidakbar Po‘latov boshliq etib tayinlandi.
Aprel oyida Mirzo Ulug‘bek tumani IIBni boshqarib kelayotgan podpolkovnik Muhiddin Jo‘rayev Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan edi.
Izoh (0)