O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 13-maydagi qarori bilan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti (TDPU)ning yangilangan tuzilmasi tasdiqlandi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda, hukumat qarori matni “Lex.uz”da e’lon qilingan.
Universitetning yangi tuzilmasida sakkizta — fizika-matematika (1), tabiiy fanlar (2), pedagogika, psixologiya va defektologiya (3), chet tillar (4), tarix (5), kasb ta’limi (6), boshlang‘ich ta’lim va jismoniy tarbiya (7) va chaqiriqqacha harbiy ta’lim (8) fakultetlari faoliyat olib boradi.
Avvalroq TDPUning o‘zbek tili va adabiyoti fakulteti, shuningdek, O‘zbekiston Milliy universitetining o‘zbek filologiyasi fakulteti va Fanlar Akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti negizida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tashkil etilishi haqida xabar berilgan edi.
Hukumat qaroriga ko‘ra, TDPU boshqa manzilga — 1-son Toshkent pedagogika kolleji binolariga ko‘chadi (Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, 27-uy). 2017-yilning 1-avgustiga qadar bu yerda universitet uchun yangi binolar quriladi.
Izoh (0)