Avstriyada mahalliy vaqt bilan soat 7:00 da prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi doirasida ovoz berish uchastkalari ochildi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
Ikkinchi turga mustaqil nomzod, Yashillar partiyasining sobiq yetakchilaridan biri Aleksandr van der Bellen hamda Avstriya ozodlik partiyasi vakili Norbert Xofer o‘ta oldi.
Bu hafta Avstriya taqdirini keskin o‘zgartirib yuborishi mumkin: 17-may, seshanba kuni yangi kansler, sotsial-demokratik partiya yetakchisi Kristian Kern qasamyod qildi, endi esa yangi prezident saylanmoqda. Undan ilgarigi kansler — Verner Fayman, prezidentlik saylovlarining ikkinchi turiga ikki yetakchi siyosiy kuch vakillari emas, balki muxolifat ko‘rsatgan nomzodlar chiqishi ma’lum bo‘lgach, iste’fo bergan edi.
Izoh (0)