20-may kuni Toshkent vaqti bilan 15:11 da Qrim aholisi elektr tokisiz qoldi, deb yozadi “RBK”. Bunga yuk mashinasi yo‘l-transport hodisasiga uchragani, natijada esa elektr uzatish simiga zarar yetgani sabab bo‘ldi.
Qrim energiya tizimida hodisa oqibatida o‘z ishini to‘xtatmagan energiya ko‘prigi obyektlari mavjudligi tufayli Qrim iste’molchilarining elektr ta’minotini bor-yo‘g‘i 25 daqiqa ichida to‘liq tiklashga muvaffaq bo‘lishdi.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin videoko‘prik davomida Qrim energiya ko‘prigining oxirgi, to‘rtinchi tarmog‘ini ishga tushirgandi.
Izoh (0)