Meksika hukumati “Pakana” laqabli narkobaron Xoakin El Chapo Gusmanni AQSh hukumatiga topshirishni ma’qulladi. Bu haqda, Meksika tashqi ishlar vaziri bayonotiga tayanib, Reuters agentligi ma’lum qildi, deb xabar beradi “RBK”.
Ushbu qaror Meksika El Chapoga nisbatan o‘lim jazosi qo‘llanmasligi haqida kafolat olgandan so‘ng qabul qilindi. Mamlakat qonunlariga muvofiq, mahkum ekstraditsiya haqidagi qaror ustidan shikoyat berishi mumkin. Narkobaronni AQSh hukumatiga topshirishning aniq muddati hozircha ma’lum qilinmadi.
Tashqi ishlar boshqarmasi Amerikaning Texas va Kaliforniya federal sudlarida Gusmanga nisbatan giyohvandlik vositalarini noqonuniy aylanmasi, pullarni o‘zlashtirish va qotillik bo‘yicha ayblovlar e’lon qilingan.
Eslatib o‘tamiz, “Sinaloa” karteli yetakchisi, shu yil yanvarida qayta qo‘lga olingan “Pakana” laqabli narkobaron Xoakin Gusman Markaziy Meksikadagi qamoqxonadan AQSh bilan chegaradagi qamoqxonaga ko‘chirilganligi haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)