Daryo

Meksika prezidenti narkobaron El Chaponing qo‘lga olinganligini ma’lum qildi

“Men meksikaliklarga shuni ma’lum qilmoqchiman: Xoakin Gusman Loera qo‘lga olindi”, — deb yozdi Nyeto Twitter’dagi sahifasida

1 daqiqa o‘qish11 364 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Fokus”

Meksika prezidenti Enrike Penya Nyeto mamlakatda eng ko‘p qidirilayotgan jinoyatchilardan biri – narkobaron Xoakin Gusman Loeraning qo‘lga olinganligini ma’lum qildi. Narkobaron “El Chapo” (“Pakana”) laqabi bilan mashhurdir, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.

Foto: “Fokus”

“Missiya bajarildi: biz uni tutdik. Men meksikaliklarga shuni ma’lum qilmoqchiman: Xoakin Gusman Loera qo‘lga olindi”, — deb yozdi Nyeto Twitter’dagi sahifasida.

Sinaloa narkokartelining yetakchisi Xoakin Gusman Loera 2015-yilning iyulida Meksika qamoqxonasidan uzunligi 1,5 kilometr bo‘lgan yer osti yo‘li orqali qochib ketgan edi.

Uning qamoqxonadan qochib ketishiga aloqadorlikda gumon qilinib, 13 kishi, jumladan, Meksika axloq tuzatish muassasasining bosh nazoratchisi Selina Osegera Parra ham qo‘lga olingan edi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar