Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 19-may kuni O‘zbekiston Respublikasining Turkmanistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Akmaljon Kuchkarovni qabul qildi, u davlat rahbariga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda Turkmaniston davlat axborot agentligiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.
Akmaljon Kuchkarov Gurbanguli Berdimuhamedovga butun turkman xalqiga eng yaxshi tilaklarni yo‘llagan O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning samimiy salomini yetkazdi.
Turkmaniston prezidenti elchini mas’uliyatli diplomatik lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va an’anaviy ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlash yo‘lidagi faoliyatida omadlar tilab qoldi.
Eslatib o‘tamiz, 16-may kuni O‘zbekiston Respublikasining Turkmanistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Akmaljon Kuchkarov Ashxobod shahriga jo‘nab ketgan edi.
Izoh (0)