19-mayning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Misr fuqarolik aviatsiyasi vazirligi EgyptAir kompaniyasi samolyoti halokatga uchraganini rasman tasdiqladi. Samolyot qulashidan avval falokat signallarini yo‘llagani aytilmoqda.
2. O‘zbekiston aholisi choyni ma’qul ko‘radigan mamlakatlar reytingida birinchi bo‘ldi. O‘zbekistonliklar choy ichish bo‘yicha Keniya, Ozarbayjon, Pokiston va Xitoyni ortda qoldirdi.
3. O‘zbekistonda 20-may kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati Toshkentda +30 darajagacha, janubiy viloyatlarda esa +38 darajagacha ko‘tariladi.
4. Yigitali Mamajonov va Rayhonning nikohi rasman bekor qilingani ma’lum bo‘ldi. 2015-yil yanvarida Rayhon ajrashishga ariza bergani ma’lum bo‘lgan edi.
5. Apple gadjetlarni masofadan turib quvvatlantiradigan qurilmalar ustida ishlamoqda. Ekspertlar Apple bir necha yildan so‘ng rozetkagacha bo‘lgan masofaga bog‘liq bo‘lmagan chindan ham simsiz quvvatlantirish qurilmasini taqdim etishini istisno etmagan.
Izoh (0)