“O‘zbekiston neft va gazi – OGU-2016” xalqaro ko‘rgazmasining ishbilarmonlar maydonida “O‘zbekneftgaz” MXK va SOCAR (Ozarbayjon), Schlumberger (AQSh/Fransiya), Exalo Drilling G-Drilling (Polsha), CIUZ (Italiya), Worley Parsons Uzbekistan Engineering (Buyuk Britaniya), «Kriogenmash» (Rossiya) kabi kompaniyalar rahbariyati o‘rtasida B2B formatida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unda tomonlar dunyo iqtisodiyotining yetakchi sektorida kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini ko‘rib chiqdi. Xususan, zamonaviy uskuna va texnologiyalardan foydalangan holda qator istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, neftgaz tarmog‘i uchun kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish sohasida AKT-loyihalarini joriy qilish va qator boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Muzokaralar natijalari bo‘yicha “O‘zbekneftgaz” MXK va SOCAR (Ozarbayjon), Schlumberger (AQSh/Fransiya), “Kriogenmash” (Rossiya) kabi yetakchi kompaniyalar bilan hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.
Izoh (0)