Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti rektori etib Abdurahim Abdushukurov tayinlandi. Yangi rahbar jamoaga 17-may, seshanba kuni tanishtirildi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Fizika-matematika fanlari doktori, professor Abdurahim Abdushukurov matematika sohasining yetakchi vakillaridan biridir. Shu paytga qadar u universitet Mexanika-matematika fakulteti dekani sifatida, undan ilgariroq esa — o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor bo‘lib ishlab kelayotgan edi.
Universitetning oldingi rektori Shuhrat Sirojiddinov yangi tashkil etilgan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori etib tayinlandi.
Izoh (0)