O‘zbekistonning ba’zi hududlarida 18-may, chorshanba kuni yomg‘ir yog‘adi va momaqaldiroq bo‘ladi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
18-mayga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati +7...+12 daraja iliq bo‘ladi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati va Toshkent shahrida +17 darajagacha, Toshkent, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida +18 darajagacha, qolgan joylarda +20 darajagacha iliq bo‘ladi.
18-may kuni kunduzi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati +12...+17 daraja, Toshkent shahrida +23...+25 daraja, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida esa +22...+27 daraja, Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida +23...+28 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlarida chorshanba kuni havo harorati +30 darajagacha, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida esa +33 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.
18-may kuni O‘zbekistonning tog‘li hududlarida, Toshkent, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahrida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qolgan hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Izoh (0)