2016-yil 17-may kuni O‘zbekistonga Bolgariya Respublikasi Bosh vaziri Boyko Borisov ishchi tashrif bilan keladi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.
Tashrif chog‘ida Boyko Borisovning O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov bilan uchrashuvi rejalashtirilmoqda.
Bolgariya delegatsiyasi tashrif dasturi doirasida, shuningdek, “O‘zbekiston neft va gazi” XX xalqaro ko‘rgazma ochilish marosimida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)