AQShning RC-135V harbiy-transport josus samolyoti 15-may, yakshanba kuni kechki payt Rossiyaning Kaliningrad viloyati yaqinidagi kuzatuv parvozini yakunladi va Buyuk Britaniyadagi “Mildenxoll” aviabazasiga qaytdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Josus-samolyot Boltiq dengizi ustida, Kaliningrad bilan chegara yaqinida topshiriq bajarib, bir soatga yaqin vaqt o‘tkazdi. RC-135V transponderi yoqilgan va samolyot radarlarga ko‘ringan. Uni tutish uchun Rossiya harbiy-koinot kuchlarining Su-27 qiruvchi-samolyoti ko‘tarilgani bildirilmoqda.
Izoh (0)