13-may, juma kuni Iroqda IShID jangarilari tomonidan “Real Madrid” futbol jamoasi fan-klubiga uyushtirilgan hujum oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi, 20 kishi jarohat oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, hujum Bag‘doddan 125 kilometr shimoldagi Samarra shahrida uyushtirilgan. IShID jangarilari fan-klub shtab-kvartirasiga bostirib kirib, betartib o‘t ochgan.
Hujumga duchor bo‘lgan erkaklardan birining ta’kidlashicha, jangarilar futbolni islomga qarshi deb biladi va shu bois uni yomon ko‘radi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)