Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyo joriy yilning iyul oyida futbol klublaridan birida bosh murabbiy lavozimini egallaydi. Bu haqda Associated Press nashriga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
2015-yilning dekabr oyida Mourinyo qoniqarsiz natijalari uchun “Chelsi” jamoasi bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarilgandi. Shundan buyon 53 yoshli mutaxassis ishsiz yuribdi.
“Albatta, murabbiylik faoliyatini sog‘indim. Iyulda qaytaman, lekin may va iyun oyida hech narsa bo‘lmaydi. Hozir oilam bilan hayotdan bahra olyapman. Ammo iyul oyida qaytaman”, – dedi Joze Mourinyo.
Shuningdek, mutaxassis “Manchester Yunayted” aloqa qilgani va dastlabki kelishuvga imzo chekkani haqida hech qanday ma’lumotga ega emasligini ta’kidladi.
Avvalroq Mourinyo “Manchester Yunayted” bilan dastlabki kelishuvga erishgani va u uch yilda 61,7 million yevro maosh olishi haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)