Daryo

Joze Mourinyo “Chelsi” bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarildi

“Avval aytilgan 40 million funtlik kompensatsiya puli to‘lanmaydi. Mourinyo unga mavsum oxirigacha to‘lanishi kerak bo‘lgan pul — 12 million funtni oladi”

1 daqiqa o‘qish12 024 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: BBC Sport

Londonning “Chelsi” futbol klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo iste’foga chiqarildi. Bu haqda BBC Sport xabar bermoqda. Klub murabbiyning iste’fosi haqidagi xabarlarni rasman tasdiqladi.

Foto: BBC Sport

BBC Sport muharriri Den Rounning ma’lum qilishicha, “bir necha daqiqa avval Mourinyo klub rahbariyati bilan uchrashgan”.

“Avval aytilgan 40 million funtlik kompensatsiya puli to‘lanmaydi. Mourinyo unga mavsum oxirigacha to‘lanishi kerak bo‘lgan pul — 12 million funtni oladi”, — dedi Roun.

https://twitter.com/ChelseaFC/status/677506414206578688

Meduza’ning qayd etishicha, “Chelsi” 2015/2016-yilgi mavsumni nisbatan muvaffaqiyatsiz o‘tkazmoqda. Angliya chempionati 16-turidan so‘ng, London klubi musobaqa jadvalida to‘rt g‘alaba, uch durang va to‘qqiz mag‘lubiyat bilan 16-o‘rinda bormoqda. 16-turda “Chelsi” “Lester”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

“Chelsi” Yevropa Chempionlar ligasi guruh bosqichida birinchi o‘rin bilan keyingi bosqichga chiqdi (guruhda, shuningdek, “Portu” (Portugaliya), “Dinamo Kiyev” (Ukraina) va “Makkabi Tel-Aviv” (Isroil) bor edi. Jamoa musobaqa nimchorak finalida Fransiyaning “PSJ” jamoasiga qarshi o‘ynaydi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar