Somali milliy armiyasi Galgudud mintaqasidagi Galkad shahrida o‘tkazilgan maxsus operatsiya chog‘ida “ash-Shabob” radikal guruhining kamida 15 nafar a’zosini yo‘q qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Operatsiya chog‘ida, shuningdek, qurol-yarog‘ musodara qilindi. Somali armiyasiga Afrika ittifoqining AMISOM (African Union Mission in Somalia) tinchlikparvar missiyasi ko‘mak berdi.
Yo‘q qilingan jangarilarning uch nafari komandirlar bo‘lgani aytilmoqda.
Izoh (0)