KXDR armiyasi bosh shtabi rahbari lavozimini egallagan va fevral oyida qatl etilgan deb hisoblab kelingan Li Yon Gil kutilmaganda partiya Markaziy qo‘mitasi siyosiy-ma’muriy boshqaruv tarkibidagi nomzodlar ro‘yxatida paydo bo‘ldi. Bu haqda, “Kiodo” agentligi ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar beradi.
Uning surati 10-may, seshanba kuni “Nodon sinmun” partiya gazetasida chop etildi. U partiyaning yangi oliy rahbariyati — Markaziy qo‘mitasi siyosiy boshqarmasiga nomzod sifatida ilgari surilmoqda. Haqiqatda u partiya raisi Kim Chen Inning to‘qqiz nafar o‘rinbosaridan biriga aylandi.
Li Yon Gil KXDR bosh shtabi rahbari lavozimini 2015-yilning avgustida egallagan edi. Biroq 8-fevral kuni uning ismi boshqaruvdagi mansabdorlar ro‘yxatidan yo‘qolib qolgan edi. Janubiy Koreyaning “Ryonxap” agentligi Li Yon Gil korrupsiyada ayblanib qatl etilganligini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)