Braziliyaning “Friburgense” futbol klubi a’zosi Bernardo Ribeyro jamoaning mashg‘ulotida yurak xurujini boshidan o‘tkazdi va shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtida vafot etdi. Bu haqda “Chempionat” xabar bermoqda.
Braziliyalik futbolchi 26 yoshda edi. Ribeyro hayotdan ko‘z yumgani haqidagi xabarni uning turmush o‘rtog‘i tasdiqladi. “Friburgense” futbol klubi Braziliya chempionatining D seriyasida ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, 6-may, juma kuni Ruminiya chempionati doirasida Buxarestning “Dinamo“ jamoasi yarim himoyachisi Patrik Ekeng “Viitorul”ga qarshi (3:3) o‘yin vaqtida hushini yo‘qotib, shok tashxisi bilan reanimatsiyaga olib kelindi. U shifoxonaning o‘zida olamdan o‘tdi.
Izoh (0)