Yaman janubidagi Adan shahri markaziy qamoqxonasining boshlig‘i 6-may, juma kuni noma’lum shaxslar tomonidan o‘ldirib ketildi. Bu haqda, AFP agentligi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Agentlikning ma’lum qilishicha, mototsikldagi ikki bosqinchi shahar markazida muassasa boshlig‘iga o‘t ochgan. Hujum oqibatida qurbonga hamrohlik qilgan uning qarindoshi ham halok bo‘lgan.
Bir hafta avval Adanda yo‘l politsiyasi boshlig‘i ham otib o‘ldirilgan edi. Qotillik o‘xshash tarzda amalga oshirilgan.
Izoh (0)