AQSh o‘zining Bag‘doddagi elchixonasini qo‘riqlash uchun qo‘shimcha 25 nafar dengiz piyoda askarini yubordi, deb yozadi “TASS” CNN telekanaliga tayanib.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, harbiy xizmatchilar diplomatik missiyaga yetib kelgan. Ular elchixona xavfsizligi uchun javobgar bo‘lgan “AQSh davlat departamenti so‘rovi bo‘yicha” yuborilgani aytilmoqda.
CNN ta’kidlashicha, ushbu chora 30-aprel kuni hukumat dahasidan yuzlab namoyishchilar yurib o‘tgani yuzasidan ko‘rilgan. Aksiya tinch xususiyatga ega bo‘lgan bo‘lsa-da, uning ba’zi ishtirokchilari Iroq parlamentiga kirib olib, u yerda tartibsizliklarni uyushtirishga muvaffaq bo‘lgan edi. Telekompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, yaqin kunlarda yangi norozilik aksiyalari kutilmoqda.
Izoh (0)