Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In mamlakat yanvardagi yadro quroli sinovi va fevraldagi sun‘iy yo‘ldoshli raketa uchirilishi chog‘ida erishgan “misli ko‘rilmagan natijalar” va “ulkan muvaffaqiyatlar” haqida ma’lum qildi, deb yozadi “RBK” KRT davlat televideniyesiga tayanib.
Bunday bayonotlar bilan Kim Chen In Koreya Mehnat partiyasining 36 yildan buyon birinchi marta o‘tkazilayotgan ochiq syezdida chiqish qildi.
Nashr eslatishicha, yanvarda Pxenyan vodorod bombasi muvaffaqiyatli tarzda sinab ko‘rilgani haqida xabar tarqatgan edi. 7-fevralda esa KXDR raketa uchirdi, u Yerni kuzatishga mo‘ljallangan sun’iy yo‘ldoshni orbitaga olib chiqdi. Bundan tashqari, mamlakatda ballistik raketalar bir necha marta sinovdan o‘tkazildi. Bunga javoban, G‘arb mamlakatlari KXDRga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi.
Izoh (0)