Butunjahon plyaj futboli assotsiatsiyasi 2016-yilning aprel oyi holatiga ko‘ra jahon reytingini e’lon qildi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mart oyi reytingida 57-pog‘onadan joy olgan O‘zbekiston termasi aprel oyida hech qanday o‘zgarishsiz 131 ochko bilan o‘z o‘rnida qoldi. O‘zbekiston Osiyo qit’asi vakillari orasida 10-pog‘onadan joy olgan.
Jahon reytingidagi Osiyoning eng kuchli 10 jamoasi:
- (7) Eron — 1516 ochko
- (10) BAA — 952
- (13) Yaponiya — 895
- (16) Ummon — 697
- (29) Livan — 452
- (37) Xitoy — 289
- (51) Tailand — 181
- (54) Bahrayn — 159
- (55) Vyetnam — 146
- (57) O‘zbekiston — 131
Ta’kidlash kerakki, ushbu reyting tuzilishida, jahonning barcha terma jamoalarining 2012-yildan buyon o‘tkazib kelayotgan o‘yinlari hisobga olingan.
Izoh (0)