Butunjahon plyaj futboli assotsiatsiyasi 2016-yilning mart oyi holatiga ko‘ra jahon reytingini e’lon qildi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu reytingga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi jahonda 57-o‘rinni egallab turibdi va uning hisobida 131 ochko mavjud. O‘zbekiston Osiyo qit’asi vakillari orasida 10-pog‘onadan joy olgan.
Jahon reytingida Osiyo jamoalari kuchli o‘nligi quyidagicha ko‘rinish olgan:
- (7) Eron — 1516 (ochko)
- (12) Yaponiya — 912
- (13) BAA — 895
- (16) Ummon — 697
- (29) Livan — 452
- (38) Xitoy — 289
- (51) Tailand — 181
- (54) Bahrayn — 147
- (55) Vyetnam — 146
- (57) O‘zbekiston — 131
Eslatib o‘tamiz, fevral oyi holatiga ko‘ra ham O‘zbekiston 57-o‘rindan joy olgan edi.
Qayd etish joiz, ushbu reyting tuzilishida jahonning barcha terma jamoalarining 2012-yildan buyon o‘tkazib kelayotgan o‘yinlari hisobga olingan.