Rossiyaning Rostov viloyatida halokatga uchragan yengil motorli samolyot parvozi uchun tegishli talabnoma ro‘yxatdan o‘tkazilmagan. Bu haqda Janubiy transport prokuraturasi ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
“Ukraina fuqarosi boshqaruvidagi ‘Bekas’ rusumli yengil motorli samolyot parvozi aviatsiya-kimyo ishlarini bajarish uchun amalga oshirilgan va buning uchun talabnoma ro‘yxatdan o‘tkazilmagan”, — deb izoh berdi prokuratura.
Samolyot halokatining ikki asosiy sababi ko‘rib chiqilmoqda: uchuvchi xatosi va havo kemasining texnik nosozligi.
Izoh (0)