Turkiya bir qator shartlarni bajarsa, Yevrokomissiya u bilan vizasiz rejim o‘rnatilishini yoqlab chiqadi. Bu haqda Yevrokomissiya birinchi vitse-raisi Frans Timmermans ma’lum qildi, deb yozadi Meduza.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya fuqarolari uchun iyuldan Yevroittifoqqa vizalar bekor qilinishiga erishish uchun Anqara beshta talabni bajarishi kerak.
Bunda gap korrupsiya oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilish, Yevropol bilan bitim haqida muzokaralar o‘tkazish, Yevroittifoqqa a’zo mamlakatlarning barchasi bilan sud hamkorligini yo‘lga qo‘yish, ma’lumotlarning Yevroittifoq standartlariga muvofiq himoyalanishi bo‘yicha milliy qoidalarni bajarish va terrorizm bo‘yicha qonunchilikni qayta ko‘rib chiqish haqida bormoqda.
Turkiyaga vizasiz maqomni taqdim etish haqidagi qarorni Yevroittifoqqa a’zo mamlakatlarning ko‘pchiligi, shuningdek, Yevroparlament ham ma’qullashi kerak.
Izoh (0)