Nyu-York fond birjasi — Intercontinental Exchange xo‘jayini London fond birjasining ulushini sotib olish yoki u bilan qo‘shilish takliflari bilan chiqish qilmoqchi emas, deb yozadi “TASS”. Bunday qaror “kompleks ekspertizadan so‘ng” qabul qilingan.
Nashr eslatishicha, martda London fond birjasi Frankfurt-Mayndagi fond birjasi bilan qo‘shilish haqida kelishib olgan edi. Bunday qadam Yevropadagi eng yirik fond maydoni paydo bo‘lishiga olib keladi, u amerikalik raqiblarning “birinchi raqamli” raqobatchisiga aylanishi tayin. Ekspertlar amerikalik raqobatchilar qo‘shilish jarayoniga aralashib, London fond birjasining ko‘pchilik ulushini sotib olishga urinishini kutgan edi.
Izoh (0)