Germaniya va Fransiya tashqi ishlar vazirlari Frank-Valter Shtaynmayer va Jan-Mark Eyro, Suriya bo‘yicha BMT maxsus elchisi Staffan de Mistura va Suriya muxolifatining Muzokaralar bo‘yicha oliy qo‘mitasi rahbari Riyod Hijob 4-may, chorshanba kungi uchrashuvda Suriyada o‘tish davri milliy hukumatini yaratish yo‘llarini muhokama qiladi. Bu haqda Germaniya TIV rasmiy vakiliga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
“Bizda bu borada bir nechta g‘oyalar bor, ularni biz mamnuniyat ila sheriklarimiz bilan muhokama qilamiz”, — dedi vazirlik vakili.
Muzokaralar Berlindagi mehmonlar uchun mo‘ljallangan Borzig villasida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)