Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo AQSh prezidenti Barak Obama oilasi va Buyuk Britaniya qirollik oilasi o‘rtasidagi hazilona Twitter-jangga javob qildi, deb yozadi Meduza.
O‘z videojavobida Tryudo Kanada nimaga qodirligini ko‘rsatib qo‘ymoqchiligini ma’lum qildi, u bunda nogiron harbiy xizmatchilar uchun mo‘ljallangan Invictus Games musobaqalarini nazarda tutdi.
Shundan so‘ng Kanada bosh vaziri yerturtki (otjimaniye) mashqini bajardi va “bum” deya “mikrofonni tashlab yuborish” harakatini ko‘rsatdi.
https://twitter.com/JustinTrudeau/status/727207562479734784
“Mikrofonni tashlab yuborish” — reperlarga xos tajovuzkorona xatti-harakat bo‘lib, u ijro yakunlanganini bildiradi.
Avvalroq Barak va Mishel Obama ham shahzoda Garriga murojaatida shunday harakatni amalga oshirgan edi. Bunga javoban, Yelizaveta II video e’lon qildi, unda: “Bum, jiddiymisiz? Qo‘ysangiz-chi”, — deya xitob qildi.
https://twitter.com/KensingtonRoyal/status/726062251354914817
Izoh (0)