Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Niderlandiyada to‘qqizdan oshgan gumondor shaxsni terrorchilar ro‘yxatiga kiritish imkoni paydo bo‘ladi. Bu haqda, mamlakat Umumiy razvedka va xavfsizlik xizmatiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

Foto: “Vse42.ru”

Foto: “Vse42.ru”

Razvedkadagi ma’lumotlarga qaraganda, IShID qo‘li ostidagi hududlarda istiqomat qiluvchi bolalar to‘qqiz yoshidan harbiy va diversion tayyorgarlik ko‘ra boshlaydi.

“Ularga otish, sovuq quroldan foydalanish va o‘ldirish o‘rgatiladi, shu yoshdan ular Abu Bakr al-Bag‘dodiyga bo‘ysunadi. Qizlar shu yoshdan paranjiga kirib, erkaklarga harbiy to‘qnashuvlarda yordam berishga o‘rgatiladi”, — dedi xizmat vakili.

Niderlandiyaga Suriya va Iroqdan oilasi bilan qaytib kelgan bolalarga qayd etish raqami berilib, ular terrorchilar ro‘yxatiga kiritiladi. Ular haqidagi axborot Yevropaning boshqa davlatlari xavfsizlik xizmatlariga ham taqdim etiladi.

Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, IShID nazorati ostidagi hududda ayni kunlarda niderlandiyalik 70 bola va 170 yoshi katta odam bor.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi kuchli zilzila: Vayronalar ostidan odamlar qidirilmoqda — fotoreportaj