IShID tomonidan Suriya hududidan Turkiyaning Kilis shahriga 1-may, yakshanba kuni ikki raketa yo‘llandi. Buning oqibatida kamida ikki kishi jarohatlandi, deb xabar beradi “RBK”.
Suriya bilan chegarada joylashgan shaharga 30-aprel, shanba kuni ham uchta raketa zarbasi berilgandi. O‘tgan haftada raketadan o‘qqa tutilganida esa bir kishi halok bo‘lgan, 26 kishi yaralangandi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)