Ispaniyaning “Atletiko” klubi bosh murabbiyi Diyego Simeoneni o‘yin vaqtida jamoasi bilan kelishganlikda ayblab, jiddiy jazolashlari mumkin, deb xabar berdi “Korrespondent”. Nashrning Sport Bigmir’ga asoslanib xabar berishicha, “Rayo Valyekano”ga qarshi o‘yin vaqtida mutaxassis jamoasi vakillari bilan suhbatlashgan.
Gap shundaki, Simeone o‘yin vaqtida jamoasi vakillari bilan muloqotga kirishish man etilgandi. Argentinalik mutaxassis esa bu cheklovni buzib o‘tganlikda ayblanmoqda. Gumon tasdiqlangudek bo‘lsa, Simeone 4 tadan 20 tagacha bo‘lgan o‘yindan chetlatilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, “Atletiko” Ispaniya La Ligasida “Barselona” bilan bir xilda ochko jamg‘arib, chempionlik uchun kurash olib bormoqda. 36-tur doirasida klub “Rayo Valekano” ustidan minimal hisobga zafar quchgandi.
Izoh (0)